O‘zbekistonda zamonaviy “Karvonsaroy”lar quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Turizm transport koridori bo‘ylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab zamonaviy standartlarga javob beradigan “Karvonsaroy”lar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, turizm transport koridori bo‘ylab turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladigan ob’ektlar Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan namunaviy loyihalar asosida barpo etiladi. Har bir “Karvonsaroy”ning tashqi ko‘rinishi an’anaviy arxitektura va ushbu hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

Shuningdek, har bir “Karvonsaroy”da turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjud bo‘ladi va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har bir “Karvonsaroy” atrofida daraxt va buta ko‘chatlarini ekiladi.

Hujjatga muvofiq, Turizm va madaniy meros vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy “Karvonsaroy”larni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing