O‘zbekistonda yil oxirigicha KIA`ning eng zamonaviy avtomobillari ishlab chiqariladi

Texnologiya

image

Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh 2020 yilning noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan - KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ishni boshlaydi. Bu haqda KIA kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zavodda kelgusida jahonga mashhur qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.

“Mutlaqo yangi bo‘lgan xususiy avto ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi - O‘zbekiston bozori uchun shunchaki tijorat yangiligi emas, balki olib borilayotgan yangi islohotlar, ham investorlar, ham iste’molchilar uchun yangi sharoitlarning yaratilishi natijasidir. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, mamlakatda haqiqatan ham avtomobil tarixining yangi davri boshlanmoqda, u birato‘lasi bir nechta global avtomobil brendlarining ishlab chiqarila boshlashi, ya’ni o‘zbek bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liq. Biz yangi investorlar uchun makon, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va distributsiyalash bozorini shakllantirish, dilerlik va logistika markazlarini qurish uchun sharoit yaratmoqdamiz. Faoliyatimizning dastlabki yilida turli uchta mashhur avtobrendlarning avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz”, ta’kidladi Roodell bosh direktori Doniyor Davlatyorov.

Ayni paytda Jizzax EIZda zavod qurilishining yakuniy bosqichi davom etmoqda va turli konfiguratsiyaga ega bo‘lgan avtomobillarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ikkita texnologik liniyasini o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Birinchi bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. Ikkinchisida - 2022 yil yakuniga qadar payvandlash, kuzovni bo‘yoqlash va yig‘uv sexlari ishga tushirilganidan keyin ushbu ko‘rsatkich 100 mingtaga ko‘payadi. 

Avtomobillarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik liniya, KIA Motorsning Rossiyadagi mintaqaviy bosh vakolatxonasi ishtirokida yaratildi. Kompaniya o‘z tajribasi va ekspertizasini Roodell rahbariyati bilan o‘rtoqlashdi va hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirishni kutmoqda.

“MDH bozori katta salohiyatga ega, KIA avtomobillariga qiziqish tobora ortayotganini ko‘rib turibmiz. Bu KIA Motors Russia & CISning mintaqaviy vakolatxonasini bosh rahbari sifatida dastlabki yirik loyihalaridan biridir. Yangi zavodda KIA'ning eng so‘nggi va yuqori texnologik modellari ishlab chiqariladi, chunki biz O‘zbekistonga va hamkorlarimizga ishonamiz. Yangi zavod rahbariyati va butun jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, dedi KIA Motors Rus & CIS HQ prezidenti Chjin-Xa Kim.

2020 yil noyabr oyida “Jizzax” EIZda biznes-klass sedanining yangi global nomiga aylangan KIA K5 avtomobili va dunyoda sensatsiya hisoblangan hamda ko‘plab bozorlarda e’tibor qozongan KIA Seltos ixcham krossoveri ishlab chiqarila boshlanadi. Ikkala model ham o‘z segmentlarida yuqori raqobatbardoshligi, ajoyib dizayni, dinamik xususiyatlari va qulay yuqori texnologik funksiyalari bilan ajralib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

KIA

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar