O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay hududlar qaysiligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik reytingi (Liveability ranking) tuzildi. Ushbu reyting Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi.

Reyting hududlardagi ijtimoiy osoyishtalik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, atrof-muhit va infratuzilmaviy qulayliklar kabi yo‘nalishlarga oid 37 ta ko‘rsatkichni o‘zida jamlagan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri (reyting ko‘rsatkichi 65), Buxoro (57),  Navoiy (49),  va Farg‘ona (48) viloyatlari 2021 yilda O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay hududlar bo‘lgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi natijalar:

  • Ijtimoiy osoyishtalik: Navoiy viloyati (69) 
  • Sog‘liqni saqlash: Toshkent shahri (75)  
  • Madaniyat va atrof-muhit: Toshkent shahri (70) 
  • Ta’lim: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (63)
  • Infratuzilmaviy imkoniyatlar: Toshkent shahri (85)

2020-2021 yillarda reyting holatida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y bergan:

Farg‘ona viloyati 7-pog‘onadan 4-pog‘onaga, Toshkent viloyati 12-pog‘onadan 9-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 9-pog‘onadan 12-pog‘onaga, Samarqand viloyati 4-pog‘onadan 5-pog‘onaga, Jizzax viloyati 5-pog‘onadan 6-pog‘onaga hamda Andijon viloyat 5-pog‘onadan 6-pog‘onaga tushgan.

2020-2021 yillar davomida respublikadagi barqaroqlik ko‘rsatkichi +1,0 punktiga, sog‘liqni saqlash yo‘nalishi ko‘rsatkichi +1,4 punktiga, ta’lim ko‘rsatkichi +3,1 punktiga, infratuzilmalar ko‘rsatkichi +0,5 punktiga ortgan bo‘lsa, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishi ko‘rsatkichi -0,2 punktiga pasaygan. 

Tadqiqot davrida eng yaxshi natija ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan. Bunga sabab qilib masofaviy ta’lim platformalari ishga tushirilishi, oliy ta’lim muassasalari qabul kvotalarining oshirilishi ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

414

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing