O‘zbekistonda yangi TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Biznes
−
10:02 857 3 daqiqa
O‘zbekiston moliya xizmatlari bozorida yangi bank – TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI o‘z faoliyatini boshladi. Joriy yilning 5 sentyabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida OAV vakillari, blogerlar va soha mutaxassislari ishtirokida bankning faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish strategiyasiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida e’tiborimizni tortgan jihatlardan biri – “O‘zbekistondagi birinchi mikromoliya banki” degan ta’rif bo‘ldi. Xo‘sh, mikromoliya banki odatiy tijorat bankidan nimasi bilan farq qiladi?
Mikromoliya banki — yangi moliya instituti
Mikromoliya banki – Markaziy bank litsenziyasi asosida faoliyat yuritadigan to‘laqonli bank. Uning asosiy yo‘nalishi esa kichik va o‘rta biznes, tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI departament direktori Bekzod Isoqjonovning ta’kidlashicha, bankning asosiy maqsadlaridan biri – moliyaviy xizmatlarni tadbirkorlar va aholi uchun yanada qulay va tushunarli qilishdir.
Mikromoliya tashkilotidan bankkacha
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIning tarixi 2022 yilda boshlangan. Kompaniya dastlab Tayyab Finance mikromoliya tashkiloti sifatida faoliyat yuritgan.
2025 yil 6 noyabr kuni bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 96-sonli litsenziyasini olib, mikromoliya banki sifatida faoliyatini davom ettirdi.
Bugungi kunda turli moliyaviy mahsulot va xizmatlarni yagona ekotizimga birlashtirish ustida ishlamoqda.
Bankning ilk ofisi Toshkentdagi Novza mavzesida ochilgan. Keyinchalik Andijon, Namangan, Buxoro va Qarshi viloyatlarida ham filiallar o‘z faoliyatini boshladi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, yil yakuniga qadar Farg‘ona, Termiz, Navoiy, Samarqand, Urganch va Nukus shaharlarida ham Tayanch ofislarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Asosiy e’tibor – tadbirkor va biznesga
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKIning asosiy yo‘nalishlaridan biri – kichik va o‘rta biznes, oilaviy tadbirkorlik hamda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Bank biznesni boshlash, rivojlantirish va kengaytirish jarayonida mijozlarga moliyaviy yechimlar bilan bir qatorda zamonaviy raqamli bank xizmatlarini ham taklif etishga intilmoqda.
Jismoniy shaxslar uchun ham kundalik moliyaviy ehtiyojlarni qamrab oluvchi xizmatlar, bank kartalari, hisob-kitob va to‘lov xizmatlari hamda mobil ilova mavjud.
.jpg)
Raqamli xizmatlarga talab ortmoqda
Taqdimot davomida bankning raqamli xizmatlari bo‘yicha ham qiziqarli raqamlar keltirildi.
Tayanch mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning umumiy hajmi ikki oy ichida 88 milliard so‘mdan oshgan. Ushbu ko‘rsatkichga xizmatlar uchun to‘lovlar, P2P o‘tkazmalari va boshqa operatsiyalar kiradi.
Ayni paytda bankning 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs mijozlari mavjud. Tayanch mijozlarining o‘rtacha oylik aylanmasi esa 20 milliard so‘mdan oshayotgani qayd etildi.
Shuningdek, bankning mobil ilovasi ikki oy mobaynida 4 ming martadan ortiq yuklab olingan.
Bu raqamlar Tayanch ekotizimida raqamli xizmatlardan foydalanish va mijozlar bazasi bosqichma-bosqich kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Ishonch – rivojlanishning muhim qismi
Taqdimotda qayd etilishicha, 2026 yil fevral oyida Tayanch mikromoliya banki “Axbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan “uzB++” kredit reytingi bilan baholangan. Reyting prognozi esa “Barqaror” deb belgilangan.

Moliyaviy tayanch bo‘lish maqsadi
TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI jismoniy shaxslar, tadbirkorlar va biznes uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif etib, ularning rivojlanishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.
Bankning asosiy e’tibori – qulay xizmatlar, raqamli yechimlar va biznes uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish.
Batafsil ma’lumot olish uchun bankning rasmiy ofislariga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +998 55 777-11-11
Sayt | Instagram | Telegram
Reklama
Live
Barchasi