O‘zbekistonda yangi oltin koni topildi

Jamiyat

0:00
0:00
download

O‘zbekistonda oltin zaxirasi 133 tonna bo‘lgan yangi kon topildi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani paytida ma’lum qilindi.

"Surxondaryodagi qo‘rg‘oshin-rux koni yonida biz yana bir polimetall konni Chinorsoyni davlat komissiyasi orqali o‘tkazdik. Unda nafaqat qo‘rg‘oshin, balki oltin va kumush zaxiralariga ega metallar ham mavjud", deydi qo‘mitaning Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va ko‘paytirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asror Rustamov.

2020 yilda respublika bo‘ylab bir nechta yangi konlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular orasida Chukurquduq koni tarkibida 133 tonna oltin bor, shuningdek taxminiy zaxirasi 70-80 tonna  bo‘lgan kon ham davlat balansiga o‘tkazilgan.

"Biz Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi Sariqo‘l konida volframning katta hajmdagi zaxiralarini ro‘yxatdan o‘tkazdik. Bu yil qo‘mitaga 1,2 trillion so‘m ajratildi. Shulardan 185 milliard so‘m jihozlar sotib olishga sarflanadi. Bu bizga ilmiy ishimizda yordam beradi", deydi qo‘mita vakili.

Avvalroq, Olmaliqda yirik mis koni ochilishi haqida ham xabar berilgandi. Bu yerda 200 ming tonnadan ortiq mis zaxiralari davlat balansiga o‘tkazilgan.

Iqbol Ergasheva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing