O‘zbekistonda yangi Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xorijiy tajribadan foydalanilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezidentning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”  (PF–6108-son06.11.2020 y.) farmonida so‘z boradi

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tayanch umumta’lim muassasalari belgilanadi va 2021-2022 o‘quv yilidagi ta’lim jarayonida bu dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi. Shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlari xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

2021 yil 1 sentyabrdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlaridagi pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilib, bu bo‘yicha yig‘im undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun 223 ming so‘m miqdorida to‘lov amalga oshiriladi xolos.

Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi.

Farmondagi eng katta o‘zgarishlardan biri, 2021-2022 o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlashga kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravarida (11 mln 150 ming so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun BHMning 2 baravarida (446 ming so‘m) har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

Bundan tashqari, 2022-2023 o‘quv yiligacha barcha umumta’lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy qilinadi.

“2021 yil 1 yanvardan har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etiladi.

2021-2022 o‘quv yilidan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimin joriy etiladi”, deyiladi farmonda.

Hujjatda ma’lum qilinishicha, 2021 yil 1 sentyabrgacha har bir hududda nodavlat, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing