O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, saqlash va ko‘paytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar (ma’lumotnoma, so‘nggi uch yil davomida o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma bilan birga) O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga har yili 1 fevralga qadar taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya har yili 1 martga qadar nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Ko‘krak nishoni har yili 21 mart – Xalqaro o‘rmonchilar kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Taqdirlarganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing