O‘zbekistonda yangi xalqaro bitim kuchga kirdi
Jamiyat
−
04 iyun 2021
8371Joriy yilning 25 mayidan e’tiboran, O‘zbekiston Hukumati bilan Global yashil o‘sish instituti (GGGI) o‘rtasida GGGI’ning huquqiy maqomi hamda imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi shartnoma-huquq departamenti ma’lum qilishicha, hujjat 17 moddadan iborat bo‘lib, GGGI’ning O‘zbekistonda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy masalalar, xususan, institutning maqomi, imtiyoz va immunitetlar masalasini tartibga soladi.
Qayd etilishicha, bitimning kuchga kirishi GGGI’ning O‘zbekistondagi ofisini to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tashkilot bilan hamkorlikda “yashil” taraqqiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
LiveBarchasi