O‘zbekistonda yana yer silkinishi kuzatildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:41 da (29.09.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 12:41 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 40,16 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 246 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

•    Farg‘ona tumanida 4 ball, 14 km.
•    Quvasoy shahrida 3-4 ball, 24 km.
•    Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 25 km.
•    Marg‘ilon shahrida 3 ball, 33 km.
•    Oltiariq tumanida 3 ball, 38 km.
•    Toshloq tumanida 2-3 ball, 39 km.
•    Qo‘shtepa tumanida 2-3 ball, 43 km.
•    Quva tumanida 2-3 ball, 46 km.
•    Rishton tumanida 2 ball, 52 km.
•    Yozyovoy tumanida 2 ball, 54 km.
•    Bag‘dod tumanida 2 ball, 59 km.
•    Bo‘ston tumanida 2 ball, 60 km.
•    So‘x tumanida 2 ball, 60 km.
•    Marhamat tumanida 2 ball, 61 km.

Avvalroq, Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

197

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing