O‘zbekistonda yana bir shifokor vafot etdi
Jamiyat
−
24 avgust 2020
43017Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘uruqxona bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva olamdan o‘tdi. Gulnora Jo‘rayeva 1964 yilda Samarqandda tug‘ilgan.
Gulnora Ergashevna uzoq yillar davomida Samarqanddagi turli tug‘ruq majmualarida oddiy ginekologlikdan to bosh shifokor lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda mehnat qilib kelgan.
Shuningdek, Gulnora Jo‘rayeva bir necha yil davomida Samarqand viloyat kengashi deputati sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatgan.
U 2017 yildan vafotiga qadar Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘uruqxona bosh vrachi vazifasini bajargan.
Gulnora Jo‘rayevaning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga tahririyatimiz jamoasi nomidan ta’ziya izhor etamiz.
LiveBarchasi