O‘zbekistonda yana bir madrasa ochildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Bu haqda bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Madrasa O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etildi. Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim maskani bo‘lib, o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.

Mazkur ta’lim muassasasiga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2020 yilning 15 iyundan boshlab onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ta’lim muassasasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi. Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sahifalari orqali berib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Imom Termiziy O'zbekiston Musulmonlar idorasi

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing