O‘zbekistonda yana bir departament tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib,  uning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida bir qator vazifalar yuklatildi. 

Vazirlik qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. 

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Departamentning o‘z faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing