O‘zbekistonda yana 450 dan ortiq koronavirus, 300 ga yaqin pnevmoniya bemori aniqlandi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 11 iyul kuni O‘zbekistonda 458 kishida koronavirus, 297 nafar bemorda pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 11 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 458 kishiga ortib, 116 421 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 56 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 21 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 63 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 42 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 63 nafar,
  • Toshkent viloyatida 35 nafar,
  • Toshkent shahrida 45 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111514 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing