O‘zbekistonda yana 35 mingga yaqin odam vaksina bilan emlandi
Jamiyat
−
17 aprel 2021
2110Kecha, 16 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 34 318 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 369 928 nafarga yetdi.
16 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (4450 nafar);
- Samarqand viloyati (4221 nafar);
- Buxoro viloyati (3100 nafar) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni Farg‘ona viloyatida 53 984 nafar, Andijon viloyatida 41 829 nafar, Namangan viloyatida 39 650 , Samarqand viloyatida 31 834 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
LiveBarchasi