O‘zbekistonda yana havo harorati ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi 

Faqat O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi, buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Kechasi hali sovuq bo‘ladi, havo harorati 0-5° iliq, shimolda 2-7° sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa quyosh havoni 10-15° iliqgacha isitadi.

10 noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab xarakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.

11-13 noyabrda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8° iliq bo‘ladi, kunduz kunlari esa noyabr oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlargacha 15-18° iliqqacha, janubda esa 20-21° iliqqacha isiydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

799

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing