O‘zbekistonda vertolyotlarda qatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Jamiyat

image

Kecha, 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Airbus International” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Airbus International kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo  mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garrig o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda fransuz kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbolli rejalar muhokama qilingan.

Xususan, “Airbus Helicopters” kompaniyasidan vertolyotlar sotib olish, ushbu havo transport turida qatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali mazkur yo‘nalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilgan. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning vertolyotlar ekspluatatsiyasi va uchuvchilar uchun treninglar o‘tkazish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, “Airbus International” kompaniyasi vakillari aeroportlarni boshqarish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan. Uchrashuv davomida fransuz tomoni joriy yilning may oyida Fransiya savdo vazirining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.  

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muzokaralarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar almashish va istiqbolda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing