O‘zbekistonda vaksina olgan 11 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov odamlar orasida tarqalgan “koronavirusga qarshi vaksina olsa ham kasallanish mumkinligi” haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. Uning aytishicha, davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan.

“Hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19 ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og‘ir asoratlaridan asraydi. To‘g‘ri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinatsiyaning faqatgina birinchi bosqichidan o‘tgan, ya’ni uni belgilangan tartibda to‘liq olmagan insonlarda kuzatiladi.

Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan bo‘lib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali to‘liq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan. Biroq shunday bo‘lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va simptomlarsiz o‘tadi. Ya’ni, og‘ir asoratlar va o‘lim holatiga olib kelmaydi”, deydi u.

Husanovning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so‘ng, 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o‘zini shaxsiy muhofaza qilishi o‘ta muhimdir. 

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

468

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing