O‘zbekistonda vaksina qabul qilganlar soni qanchaga yetdi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan amalga oshirilayotgan Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining 3-faza sinovlari davom etmoqda. 

2021 yil 20 yanvar holatiga ko‘ra, skriningga kelgan ko‘ngillilar soni jami 8153 nafarni tashkil etgan. Ulardan 3917 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 120 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlangan.

Ma’lumot uchun, ko‘ngillilar butun sinov davriga sug‘urtalanadi. Tadqiqot ishlari davri mobaynida agar ko‘ngilli ishtirokchining salomatligi bilan bog‘liq nojo‘ya holatlar yuzaga kelsa, tibbiy xarajatlari qoplab beriladi yoki bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing