O‘zbekistonda uylar narxi oshmoqda
Jamiyat
−
02 iyul 2021
9436Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 5,72 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ko‘rsatkich viloyatlar kesimida quyidagicha:
Quyidagi omillar ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan:
• pandemiya va karantin davrida majburiy cheklovlar rejalashtirilgan xaridlar keyinga qoldirilishiga olib keldi, bu iqtisodiyotdagi iste’mol talabining pasayishiga va jamg‘armalarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin;
• valyuta kursining nisbiy barqarorlashuvi tufayli ko‘chmas mulk bozori muqobil daromad manbai sifatida, yetarli jamg‘armaga ega bo‘lgan tadbirkorlar va aholining bir qismi uchun yuqori rentabelli investitsiyaga aylandi;
• poytaxtda uy-joy olishdagi ma’muriy to‘siqlarning bartaraf etilishi ortidan ko‘chmas mulk bozorining talab darajasida faollashishi ham narxlarning ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 12 oy davomida ko‘chmas mulk bozorlarida narxlar barqarorligini saqlab qolingan va o‘rtacha narxlar o‘sishi joriy yilning mart oyiga kelib 7,3 foiz (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +4,4 foiz va joriy yilning birinchi choragiga nisbatan +5,6 foiz) tashkil etgan.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi