O‘zbekistonda o‘tadigan futzal Jahon chempionatining o‘yinlar mundarijasi e’lon qilindi
Sport
−
14 iyun
6337Shu yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O‘zbekistonning 3 ta shahri Toshkent, Buxoro va Andijonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining o‘yinlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, deyarli barcha o‘yinlar mahalliy vaqt bilan 17:30 va 20:00 da start oladi. Musobaqaning dastlabki ikki kunidagi 2 ta o‘yin boshlanishi soat 15:00 ga belgilangan. Yarim finallar va finalga start hushtagi ham 20:00 da chalinishi ko‘zda tutilgan.
Ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini Toshkent shahridagi “Humo arena”da o‘tkazadi.
“A” guruhidan joy olgan “oq bo‘rilar”ga Niderlandiya, Paragvay va Kosta-Rika raqiblik qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar jadvali:
14 sentyabr
O‘zbekiston – Niderlandiya
“Humo Arena”. 20:00
17 sentyabr
O‘zbekiston – Paragvay
“Humo Arena”. 20:00
20 sentyabr
Kosta Rika – O‘zbekiston
“Humo Arena”. 20:00
LiveBarchasi