O‘zbekistonda o‘nlab gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati to‘xtatildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir nechta avtomobil gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalarining (agtksh) ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda “Uzneftegazinspeksiya” Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Bugungi ko‘nda, benzining sotilayotgan narxi oshib borishi sababli, avtomobillarni mo‘qobil yonilg‘i turiga o‘tqazish, ya’ni siqilgan tabiiy gaz (metan)ga qayta moslashtirilayotgan avtotransportlarning soni keskin o‘sib borilishi kuzatilmoqda. Shunga qaramay, metanga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi bilan, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH)larda, avtotransportga yonilg‘i quyish jarayonida, insonning hayotiga xavf tug‘dirmaslik uchun barcha texnik qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarga rioya qilishi majburdir. Afsuski, hozirgi paytda transport vositalari egalari hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalarning xodimlari tomonidan qoidalarga rioya qilmaslik tez-tez uchrab turadi.

Shu sababli, AGTKSHlarning faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilish, “O‘zneftgazinspeksiya”ning vazifalaridan biridir”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyida “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan Respublikada joylashgan 60 ta AGTKSHda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar natijasida bir qator qo‘pol qoida buzilishlar holatlari aniqlangan. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomiballarni gaz bilan to‘ldirilishi, nazorat posti bilan ta’minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli xujjatlarni ko‘zdan kechirmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar aniqlandi.

Yuqorida etib o‘tilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi sabali, nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 60 ta AGTKSHlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gaz quyish shoxobchasi

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar