O‘zbekistonda o‘lim soni ko‘payib, tug‘ilish kamaydi – statistika

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-iyun oylarida tug‘lishi kamayib, vafot etish soni o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tug‘ilganlar soni 405,5 ming kishini tashkil etgan. Bu esa 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga kamayganini ko‘rsatadi. 

Vafot etganlar soni esa 84,1 ming kishini tashkil etgan. Vafot etganlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming nafarga ko‘paygan.

Qolaversa, mamlakatda tug‘ilganlarning 209,6 mingtasi (jami tug‘ilganlar soniga nisbatan 51,7 foiz) o‘g‘il bolalar, 195,9 mingi (48,3 foiz) esa qiz bolalar sanaladi. 

Yangi tug‘ilganlarning 207,7 mingtasi (51,2 foiz) qishloq joylarida dunyoda kelgan bo‘lsa, 197,8 ming (48,8 foiz) chaqaloq shahar hududida tug‘ilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning olti oyi davomida nikohdan o‘tganlar soni kamayib, ajrimlar soni ko‘paygani haqida xabar berilgandi. Umumiy nikohlar soni 95,3 mingtani tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston o'lim statistika tug'ilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing