O‘zbekistonda o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi yetarli malakaga ega emasligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
30 aprel 2022
8368O‘zbekistondagi maktablarda faoliyat yuritadigan 280 ming nafardan ortiq o‘qituvchining salohiyati talab darajasida emas. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Saidovga ko‘ra, maktablarda 504 ming nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritadi Ularning 280 ming nafardan ortig‘i, ya’ni 56 foizining salohiyati talab darajasida emas. Bu degani deyarli 3 millionga yaqin o‘quvchi-bolalarda yuqori malakali o‘qituvchidan ta’lim olish imkoniyati mavjud emas.
“Dastavval, maktabda ta’lim sifati, eng avvalo, shu maktabda ishlayotgan o‘qituvchilar sifati va saviyasiga bog‘liq. Zero, ta’lim sifati – o‘qituvchi sifatidan yuqori bo‘la olmaydi”, deydi vazir.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, oliy ta’lim muassasalarida 4 (+2) yil o‘qib, ammo sessiyalarini pul bilan yopadigan ayrim “oliy ma’lumotlilar” o‘z sohasida ish topa olmaganidan so‘ng, o‘zi yashaydigan hududda joylashgan maktabga o‘qituvchi bo‘lib ishga kirmoqda. U maktabda qanday o‘quvchilar, qanday yoshlar yetishib chiqayotgani esa hammani o‘ylantirishi tabiiy.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15