O‘zbekistonda Erdo‘g‘anga qarshilar kamroq, Qozog‘iston va Rossiyada ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 may 2023 11269 3 daqiqa
Turkiyada bo‘lib o‘tgan navbatdagi prezident saylovida O‘zbekistonda yashayotgan turklarning 929 nafari yoki umumiy ovoz berganlarning 52,6 foizi mamlakatning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomzodini qo‘llagan. 722 kishi yoxud 40,8 foizi esa Erdo‘g‘anning asosiy raqibi – muxolifatdagi “Jumhuriyat xalq” partiyasi nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘liga ovoz bergan. 22 kishi (1,2 foiz) “Mamlakat” partiyasidan Muharram Injeni tanlagan. Shuningdek, “Vatan” partiyasidan nomzod Sinan Og‘an O‘zbekistonda yashayotgan 93 nafar (5,2 foiz) saylovchining ishonchini qozona olgan. Bu ma’lumotlar xorijiy mamlakatlarda o‘tgan ovoz berish jarayonlaridan keyingi e’lon qilingan axborotnomada aytilgan.
O‘zbekistonga qo‘shni Qozog‘istonda esa Kamol Qilichdoro‘g‘lining qo‘li baland kelgan. Mamlakatdagi ovoz berish natijalari quyidagicha:
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 624 ta ovoz (44,3 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 687 ta ovoz (48,8 foiz);
• Muharram Injega – 24 ta ovoz (1,7 foiz);
• Sinan Og‘anga – 71 ta ovoz (5 foiz).
Qirg‘izistonda o‘tgan ovoz berish jarayonlarida bor-yo‘g‘i 339 kishi ishtirok etgan bo‘lsada, ularning ko‘pchiligi Erdo‘g‘an nomzodini qo‘llagan.
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 227 ta ovoz (66,9 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 95 ta ovoz (28 foiz);
• Muharram Injega – 3 ta ovoz (0,8 foiz);
• Sinan Og‘anga – 14 ta ovoz (4,1 foiz).
Turkmanistonda ham amaldagi Prezident o‘rniga uning muxolifatchisi Qilichdoro‘g‘lining va’dalariga ishonganlar talaygina.
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 153 ta ovoz (43,5 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 171 ta ovoz (49,2 foiz);
• Muharram Injega – 6 ta ovoz (1,7 foiz);
• Sinan Og‘anga – 19 ta ovoz (5,4 foiz).
Turkiyaning eng yaqin ittifoqchisi va strategik hamkori Ozarbayjondagi natijalar esa ushbu mamlakatda Erdo‘g‘anning tarafdorlari unchalik ham ko‘pmasligini ko‘rsatdi. Har holda foiz bo‘yicha ko‘rsatkich O‘zbekistondagidan kamroq. Xususan Ozarbayjonda natijalar quyidagicha:
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 3263 ta ovoz (49,4 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 2768 ta ovoz (41,9 foiz);
• Muharram Injega – 148 ta ovoz (2,2 foiz);
• Sinan Og‘anga – 424 ta ovoz (6,4 foiz).
Rossiya esa allaqachon muxolifatchi turklar mamlakatiga aylanib bo‘lgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har holda natijalar – Kamol Qilichdoro‘g‘li to‘plagan ovoz shuni isbotlamoqda.
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 1792 ta ovoz (37,9 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 2582 ta ovoz (54,6 foiz);
• Muharram Injega – 144 ta ovoz (3 foiz);
• Sinan Og‘anga – 204 ta ovoz (4,3 foiz).
Shuningdek, Belarusda ham Qilichdoro‘g‘li tarafdorlari bo‘lgan turklar ko‘proq yashaydi.
• Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 63 ta ovoz (24,6 foiz);
• Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 174 ta ovoz (67,9 foiz);
• Muharram Injega – 8 ta ovoz (3,1 foiz);
• Sinan Og‘anga – 11 ta ovoz (4,2 foiz).
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 may kuni Turkiyada o‘tkazilgan saylov byulletenlarining 100 foizi bugun, 15 mayda hisoblab natijalar e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 49,41 %, Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,95 %, Sinan O‘g‘an esa 5,19 % ovoz olgan. Birinchi bosqichda nomzodlardan birining g‘alabasi uchun u kamida 50 % ovoz to‘plashi kerak. Demak, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turini o‘tkazish ehtimoli katta – bu joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Live
Barchasi