O‘zbekistonda turizm festivali bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Shu yilning 31 oktyabr - 7 noyabr kunlari O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magi bilan Butunjahon so‘fiylar markazi (Malayziya) tomonidan tashkil etilgan ikkinchi "Naqshbandiya turizm festivali" bo‘lib o‘tadi.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Naqshbandiya - so‘fiylari birodaridir, tariqatning asoschisi Bahouddin Naqshbandiy (1318-1389) Buxoroda tug‘ilgan. Dunyoda Naqshbandiya so‘fiylik tariqatining 40 milliondan ortiq izdoshlari mavjud. Birgina Malayziyada ularning 15 million nafari istiqomat qiladi. 

Ushbu festival O‘zbekiston zaminida yetishib chiqqan buyuk olimlarining islom va dunyo sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi xizmatlarini e’tirof yetish, shuningdek, "ziyorat turizmi" doirasida muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish va diniy marosimlarni bajarish maqsadida tashkil qilinyapti.
Xozirgi kunda Butunjahon So‘fiy Markazi O‘zbekistondagi sheriklari bilan birgalikda Malayziya va boshqa mamlakatlarda sotiladigan turistik paketlarni ishlab chiqmoqda.

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan 250 dan ortiq so‘fiy tariqati Naqshbandiya izdoshlari, xususan Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar  qatnashishi kutilmoqda.

Festival doirasida Hazrati Bahouddin Naqshbandiy, Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘navi, Xo‘ja Orif Revgari maqbaralari, Said Amir Kulol, Mir Arab madrasasi va Al Buxoriy masjid va ziyoratgohlar ziyorat qilinadi. 

Shuningdek, mehmonlar Hoji Ahror, Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Samarqanddagi Shohi Zinda me’moriy majmuasi, Registon maydoni va Ulug‘bek rasadxonasi, Termiz shahridagi Imom Termiziy majmuasini ziyorat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda turizm festivali

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar