O‘zbekistonda tug‘ilgan qozoq milliarderi koronavirusdan vafot etdi – OAV

Olam

image

Bugun, 3 fevral kuni qozog‘istonlik milliarder, Eurasian Resources Group (ERG) ning asosiy aksioneri Alijon Ibrohimov 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda xalqaro kompaniyalar guruhi o‘z saytida e’lon qildi.

Kompaniya xabarida o‘lim joyi va sababi ko‘rsatilmagan. Biroq OAVda Ibrohimov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan.

“U Belgiyada vafot etgan, ammo uzi o‘sgan Tokmakda (Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi shahar. - tahr.) dafn etiladi. Ma’lumki, Ibrohimov Qozog‘istonda kasal bo‘lib qolgan. Ahvoli yomonlashgach, Belgiyaga davolanish uchun borgan va keyinchalik u yerda vafot etgan”, deydi Kaktus.Media.

ERG aksiyalarining 20,7 foiziga egalik qilgan Ibrohimov “Eurasian Resources Group” bo‘yicha milliarderlar Aleksandr Mashkevich (20,7 foiz) va Patox Shodiyev (18,6 foiz) va Qozog‘iston hukumatining (40 foiz) sherigi bo‘lgan.

2019 yilda Forbes jurnali Ibrohimovning boyligini 2,3 milliard dollarga baholagan (Mashkevich 2,4 milliard, Shodiyev 2,1 milliard dollar).

Shuningdek, tadbirkor, Yevroosiyo moliya kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatlarining 33 foizi aksiyasiga egalik qiladi. Jamiyat Yevroosiyo banki va Yevroosiyo sanoat kompaniyasini o‘z ichiga oladi.

Yevroosiyo banki va Yevroosiyo sanoat kompaniyasini o‘z ichiga olgan Yevroosiyo moliya kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatlarining 33 foiziga egalik qiladi. 2020 yilda u Forbes jurnalining qozoqcha versiyasi tomonidan e’lon qilingan Qozog‘istonning 50 eng boy ishbilarmonlari reytingida beshinchi o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, Ibrohimov 1953 yil 5 iyunda O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va keyinroq Qirg‘izistonning Chuy viloyatiga ko‘chib o‘tgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, uning olti farzandi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Alijon Ibrohimov

Baholaganlar

989

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar