O‘zbekistonda tijorat banklari dollarni 10 300 so‘mdan sota boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 18 avgust kunidan O‘zbekistondagi tijorat banklari 1 AQSH dollarini yangilangan kursda sotishni boshladi. Yirik tijoriy banklar AQSH dollarini 10 200-10 300 koridorida taklif qilyapti.

Xususan, “Xalq banki”, “Ipak yo‘li”, “Milliy bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Sanoatqurilishbank” va “Asaka bank” 1 dollarni 10 240-10 300 so‘mdan taklif qilishni boshladi.

“Trastbank” 1 AQSH dollarini 10 220 so‘mdan sotib olyapti va boshqalardek 10 300 so‘mdan sotyapti.

“Ipoteka bank” ATIB, “Hamkorbank” dollarni 10 250 so‘mdan sotib olyapti va 10 300 so‘mdan aholiga sotyapti.

“Asia Alliance” 1 dollarni 10 270-10 300 so‘mdan savdoga chiqargan.

“Kapital bank” esa boshqa tijorat banklari orasida nisbatan yaxshi taklifni bergan. Bank aholidan 1 dollarni 10 280 so‘mga sotib olyapti va 10 300 so‘mdan sotyapti.

“Orient Finans” XATB 1 dollarni 10 200 so‘mdan sotib olib, o‘zi 10300 so‘mdan sotyapti.

“Infinbank” esa 1 AQSH dollarini 10 290 so‘mdan sotib olgani holda aholiga 10 300 so‘mdan sotyapti. Oradagi farq 10 so‘mni tashkil qilyapti.

Avvalroq, O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalar kursini yangilagandi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 15 so‘mga qimmatlashib, 10 246 so‘m 71 tiyinni tashkil etgandi. Yevro va rubl kursida ham o‘sish kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

valyutalar kursi

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing