Tezkor: O‘zbekistonda dollar narxi “qizil chiziq”ni bosib o‘tdi
Jamiyat
−
14 aprel 2020
33629O‘zbekistonda tijorat banklarida dollarning sotish kursi 10 000 so‘mdan oshdi. Ayrim tijorat banklari onlayn ilovalari orqali AQSH dollari oldi-sotdisini 10050–10150 so‘m koridorida taklif etishni boshladi.
Dollarning bunday qiymati tijorat banklarining mobil ilovalarida ko‘rsatilgan, ba’zi banklar esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilib ulgurdi.
Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning kursi 31 so‘mga qimmatlab, 9793 so‘mdan baholandi. Markaziy bank belgilagan kurs esa 9693,36 so‘m.
Tijorat banklarining kursni ko‘tarishi birjadagi o‘zgarishlarning aks sadosi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank koronavirus pandemiyasi fonida so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishiga izoh berib, chetdan valyuta kirishi bir necha barobar kamayib ketganini ta’kidlab o‘tgandi.