O‘zbekistonda Telegram bir muddat ishlamay qoldi
Jamiyat
−
16 avgust 2021
14264Bugun, 16 avgust kuni O‘zbekistonda Telegram ijtimoiy tarmog‘i faoliyatida bir muddat uzilish kuzatildi. Tarmoq faqat VPN dasturlari bilan ishlashda davom etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, muammo Telegram tarafida emas, biroq ijtimoiy tarmoq jamoasi aloqani saqlab qolishga harakat qilgan. Ayni paytda tarmoq avvalgidek ishlamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu holat O‘zbekistondan tashqari, Ukraina, Rossiya va Qirg‘izistonda ham kuzatilgan.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda Instagram, Facebook va Imo ijtimoiy tarmoqlarida ulanishda muammolar bo‘lyapti.
LiveBarchasi