O‘zbekistonda “Tarlon” zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tkazilmoqda (video)
Texnologiya
−
20 may 2021
16842O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida “Tarlon”ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshiriladi, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikamiznining tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkaziladi.
Sinov jarayonlari davom etmoqda.
LiveBarchasi