O‘zbekistonda talabalar koronavirusga qarshi to‘liq emlanadi
Jamiyat
−
10 yanvar 2022
6833O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlangani sababli xodimlarning emlanishi bilan bog‘liq talablar kuchaytiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.
Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosida COVID-19 ning yangi “omicron” shtammi aniqlandi. Shu sababli karantin cheklovlari kuchaytirilishi belgilandi.
LiveBarchasi