O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tugatish jarayoni soddalashtiriladi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2019
3003Kecha, 27 sentyabr kuni “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibida ko‘tarilgan masalalardan biri sifatida “Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etildi.
Mazkur qonunda tadbirkorlik sub’ektlarini tugatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etishi, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestridan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi, harakatsiz rejimiga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarilishi belgilanmoqda.
Fraksiya a’zolari ta’kidlaganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tugatish jarayonlarini tartib va taomillarini yanada soddalashtirish va shaffofligini oshiradi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
LiveBarchasi