O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi pasaydi
Jamiyat
−
06 yanvar 2022
413702021 yilning 27 dekabr va joriy yilning 2 yanvar kunlari O‘zbekistonda paxta yog‘i, suyultirilgan gaz va paxta tolasining narxi pasaydi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yog‘i sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 xaridor ishtirok etgan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 609,0 tonnani tashkil qilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming so‘mdan 14 364,7 ming so‘mgacha, ya’ni 7,4 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 7 487,0 tonnasi, ya’ni 72,0 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 144 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming so‘mdan 2 422,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,5 foizga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 491,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Paxta tolasi
O‘tgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 805,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893,0 ming so‘mdan 27 410,6 ming so‘mgacha, ya’ni 8,3 foizga pasaygan.
LiveBarchasi