O‘zbekistonda suvdan foydalanish tartibiga o‘zgartish kiritildi
Jamiyat
−
30 noyabr 2021
11033Prezident Shavkat Mirziyoyev “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi, unga ko‘ra:
• suv iste’molchilari uyushmalarining suvni iste’mol qilish qoidalari buzilganda yoki a’zolik badali va boshqa tegishli to‘lovlar to‘lanmaganda suv berishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yoki suvni iste’mol qilish huquqini bekor qilish bo‘yicha huquqlari belgilab qo‘yilmoqda;
• suv ob’ektlari (strategik ob’ektlardan tashqari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorga berilishi mumkinligi belgilanmoqda;
• suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganligi uchun Davlat byudjetidan subsidiya olganlar ushbu loyihalardan kamida besh yil samarali foydalanishlari, shuningdek, sho‘ri yuviladigan yerlar lazer uskunalar yordamida har uch yilda kamida bir marta tekislanishi shartligi belgilanmoqda;
• suv ob’ektlaridan sanoat va issiqlik energetikasi bilan bir qatorda atom energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar majburiyatlari belgilanib, ularga suvning ifloslanishini me’yordan oshirmaslik talabi qo‘yilmoqda;
• suv ob’ektlari baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun xususiy sektorga berilishi mumkinligi belgilanmoqda, bunda ob’ektlardan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LiveBarchasi