O‘zbekistonda sutkalik koronavirus bilan kasallanishlar soni ortdi
Salomatlik
−
15 dekabr 2022
10616O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni yana ortdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 14 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 134 nafarni tashkil etmoqda.
Kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 6 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 11 nafari Toshkent viloyatida qayd etilgan.
Eng ko‘p holat Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lib, bir kunda kasallanganlar soni 75 nafarni tashkil qilgan. Ma’lum qilinishicha, ular koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi