O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirish tartib-qoidalari tasdiqlandi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
11134Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yordamchi reproduktiv texnologiyalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) - bu urug‘lantirishning ayrim yoki barcha bosqichlarida ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy texnologiyalar, davolash usullari va muolajalaridir.
Eslatib o‘tamiz, YORTdan foydalanish “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun bilan reglamentlangan.
YORT erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi asosida reproduktologiya ixtisosligi bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi. Bu haqda belgilangan shaklda tegishli ariza beriladi. Taomilni amalga oshirish chog‘ida klinikalar shifokorlik sirini va axborotning maxfiyligini saqlaydi.
Bepushtlik sabablarini aniqlash va YORTdan foydalanish maqsadida birinchi navbatda bemorlar birlamchi tekshiruvlardan (jami 5 ta tur) o‘tishadi. Tekshiruvlar davomiyligi - 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat. Bepushtlik sababi aniqlangan bemorlarda davolash (konservativ va jarrohlik) o‘tkazilgandan so‘ng 9-12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa, ular YORT yordamida davolanishga yuboriladi. 35 va undan katta yoshdagi ayollar shifokorlar konsiliumining qarori bo‘yicha ushbu muddat o‘tgunga qadar davolash bosqichini chetlab o‘tib, YORTga yuboriladi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra bemorlarga ekstrakorporal urug‘lantirish, sun’iy urug‘lantirish, xetching, kriokonservatsiya va spermatozoidning intratsitaplazmatik in’eksiyasi kabi YORT usullari tayinlanadi.
LiveBarchasi