O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi
Jamiyat
−
08 may
23668O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi matbuot anjumanida ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Mohinur Mamatova xabar berdi.
Qayd etilishicha, sirtqi ta’lim shakli masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shaklini joriy etish orqali bosqichma-bosqich tugatiladi.
Bundan tashqari, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida o‘tkaziladi.
Abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Shuningdek, oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda o‘tkaziladi:
- 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
- 2-bosqich oliygoh test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
LiveBarchasi