O‘zbekistonda sigaret sotib olishga taqiq qo‘yilishi mumkin. Kimlarga?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin. Senatning avvalgi yalpi majlisida rad etilgan ushbu qonun yana bir bor muhokama qilindi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisida navbatdagi yalpi majlisga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Xususan, Qo‘mita tomonidan yalpi majlis kun tartibiga “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida” Qonun kiritilayotgani ma’lum qilingan.

Ushbu Qonun Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan edi. Qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun parlament palatalari tomonidan kelishuv komissiyasi tuzilgandi. Komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda takliflar muhokama qilingan. Unga muvofiq Qonunga kelishilgan tahrirda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha bir qancha yangiliklar kiritilishi kutilyapti.

Kiritilayotgan asosiy o‘zgarishga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda. 

Ma’lumot uchun, yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing