O‘zbekistonda saylovoldi tashviqot ishlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga nomzodlarning saylovoldi tashviqot ishlari iyun oyining oxirida boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov 21 iyunda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Sputnik” nashri. 

“Biz Yevropada xafvsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining topshirig‘ini bir necha bor qabul qildik. Va biz saylovoldi bosqichini eng so‘ngi jahon standartlari, xususan, YeXHTga muvofiq o‘tkazishga tayyormiz”, deydi Sherzod Asadov.

Shuningdek, Asadov saylovoldi kampaniyasini yoritishda ommaviy axborot vositalirining o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu juda muhim jarayon.

“Biz barcha ommaviy axborot vositalaridan, jumladan O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy ommaviy axborot vositalaridan bir narsani – aniqlik va holislikni so‘rab qolamiz”, deya ta’kidladi Asadov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha akkredatatsiyadan o‘tgan xorijiy ommaviy axborot vositalari respublika hududiga kirib, bevosita saylovoldi jarayonlarini yoritishlari mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda navbatdagi prezident saylovini joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing