O‘zbekistonda sayohat qilish uchun eng qulay vaqt ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
29 yanvar 2022
11306O‘zbekiston sentyabr oyida tashrif buyurish uchun eng qulay mamlakat deb topildi. Bu haqda Wanderlust sayyohlik portali ma’lum qildi.
“Ipak yo‘li sarguzashti! 2022 yil Markaziy Osiyoni zabt eting. Barcha davlatlarga sayohat qilish uchun eng yaxshi vaqt kuzning ilk oyi hisoblanadi. Bu vaqtga kelib tog‘larga biroz salqin tushadi. Devor bilan o‘ralgan shaharlar, dashtlar va “Ipak yo‘li” karvonsaroylari orasidan o‘tayotganingizda bu yerlar sayyohlar bilan ancha gavjumligini ko‘rishingiz mumkin. Tyan-Shanning ulug‘vor ko‘llari va ko‘chmanchi chorvadorlaridan tortib, qadimiy Samarqanddagi temuriylar yodgorliklarigacha bo‘lgan yo‘l xaritasi ming yillardan buyon tashrif buyuruvchilar bilan gavjum bo‘lib kelgan”, deya Samarqandni tavsiya qilgan Wanderlust portali.
Sayyohlik portali yilning turli vaqtlarida tashrif buyurish uchun eng yaxshi joylarni sanab o‘tgan.
• Yanvar — Yellouston milliy bog‘i (AQSH), Meksikaning Quyi Kaliforniya shtati, Kanar orollaridagi Tenerifeda vulqoni.
• Fevral — Chilining Patagoniya shahri, Madxya-Pradesh (Hindiston), Ottava (Kanada).
• Mart — Yaponiyaning Kioto shahri, Gretsiyaning Peloponnes shahri, Yangi Zelandiyaning Janubiy oroli.
• Aprel — Portugaliyaning Azor orollari, Gollandiya, Boliviyadagi Uyuni tuzli tekisliklari, Buyuk Britaniyaning Nortumberlend shahri, Marokash.
• Iyun — Italiyaning Dolomitlaridagi quyoshli cho‘qqilar, Maldiv orollari, Malayziya.
• Iyul — Vartius o‘rmonlari (Finlandiya), Vetnam, Norvegiyaning Svalbard shahri.
• Avgust —Tanzaniya/Keniya, Kosta-Rika.
• Sentyabr —Samarqand (O‘zbekiston), Avstriya.
• Oktyabr — Zambiya, Efiopiya, Norvegiya.
• Noyabr — Filippin orollari, Nil daryosi (Misr), Margaret daryosi (Avstraliya).
• Dekabr — Uganda, Shimoliy Kolumbiya.
LiveBarchasi