O‘zbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” ta’lim loyihasiga start berildi

Biznes

image

2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob bo‘yicha sakkizinchi “Seeds for the Future” ta’lim loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) O‘zbekistondagi yettita oliy o‘quv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

“Seeds for the Future” dasturi butun dunyo bo‘ylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi ta’lim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot o‘tadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021 yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan.

2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari sohasida o‘z ko‘nikma va bilimlarini oshirish, yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha ma’ruzalar tinglash, sayyoramiz va jamiyatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun raqamli yechimlarni joriy etishning muvaffaqiyatli holatlarini o‘rganish, boshqa mamlakatlardan ishtirok etayotgan talabalar bilan madaniy qadriyatlarni almashish, shuningdek Xitoy an’analari va madaniyati bilan tanishish imkonini beruvchi “Seeds for the Future 2022” loyihasiga sakkizinchi yil start berildi. Bu yil loyihada O‘zbekiston talabalari Avstriya, Ruanda va Serbiya talabalari bilan birga ishtirok etadi. 

“Seeds for the Future” loyihasi butun dunyo bo‘ylab minglab talabalarni yagona hamjamiyatga birlashtirgan o‘ziga xos tadbir bo‘lib, u talabalarga raqamli bilimlarini mustahkamlash va yangi ko‘nikmalarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish va yangi do‘stlar orttirish imkonini beradi. Loyiha ishtirokchilari universitetlarni tamomlab, osongina IT-mutaxassislariga aylanishadi va butun AKT sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu yil loyihamizda O‘zbekistonning yettita universitetidan talabalar ishtirok etmoqda, bu IT sanoati ekotizimidagi barcha hamkorlar tomonidan sifatli kadrlar zaxirasini yaratishga va malakali kadrlar tayyorlashga qiziqish kattaligidan darak beradi”, deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakai.

O‘tgan yillarda loyiha doirasida TATUning 50 nafar talabasi Xitoyga borib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot o‘tadi. Pandemiya munosabati bilan 2020 yil “Seeds for the Future”  loyihasi TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti ishtirokchilari uchun onlayn tarzda tashkil etildi. O‘tgan yili loyiha O‘zbekistonning to‘rtta universiteti – TATU, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yodju texnika instituti) va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisida gibrid formatda o‘tkazildi. Raqamli rivojlanish va texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyot va jamiyatning turli jabhalariga taalluqli ekanini inobatga olib, joriy yilda nafaqat IT yo‘nalishlariga ixtisoslashgan OTMlar talabalari, balki Toshkent xalqaro ta’lim universiteti va “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalari ham loyihada ishtirok etish uchun taklif etildi.

“Seeds for the Future” Huawei kompaniyasi tomonidan o‘zining korporativ ijtimoiy mas’uliyatini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan global dasturdir. 2017 yilda O‘zbekistondan “ Seeds for the Future” loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan bo‘lib, unda vakillarimiz sammitda ishtirok etgan 30 ta davlat va hukumat rahbarlari oldida o‘z loyihalarining taqdimotini o‘tkazishdi. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi va loyiha ishtirokchilarini samimiy tabriklab, IT sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash qanchalik muhimligini ta’kidladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing