O‘zbekistonda Rossiyaning yana 8 ta universiteti filiali ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Rossiyaning sakkizta oliy ta’lim muassasasi filiali ochiladi. Bu haqda Rossiya rektorlar ittifoqi prezidenti Viktor Sadovnichiy ikkinchi o‘zbek-rus ta’lim forumi ochilishida aytib o‘tgan.

“Ayni paytda sakkizta Rossiya OTMlari O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti”, degan Sadovnichiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchta filialning ochilishi yakuniy bosqichda va yaqin kelajakda ular o‘zbekistonlik talabalar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Sadovnichiy O‘zbekiston hukumati mamlakatda Rossiya OAVlarininig filiallari ochilishini faol qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing