O‘zbekistonda Ramazonning ilk haftasida qancha ehson qilingani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Ramazon oyining ilk haftasida uch mingga yaqin xonadonlarga 473 million 930 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi Ne’mat Musayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ramazon oyining ilk haftasida  “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uch mingga yaqin xonadonlarga 473 million 930 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy ko‘makka muhtoj 149 nafar shaxsga esa 128 million so‘mlik pul mablag‘lari yetkazilgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida yashovchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan 15 nafar fuqaroga xayriya tadbiri uchun 4,6 million so‘m, Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitob – kamolot kaliti” ko‘rgazmasi ishtirokchilarini rag‘batlantirish uchun esa 4 million so‘m mablag‘ ajratilib, haqdorlarga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1021

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing