O‘zbekistonda “raqamli madrasa”, “raqamli universitet”, “raqamli kafedra” joriy etiladi
Jamiyat
−
09 noyabr 2020
3687O‘zbekistonda ayni paytda ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish ustida ish olib borilmoqda. Bu xususida AOKA o‘tkazilgan Matbuot anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lumot berdi.
“Oliy diniy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga deyarli o‘tib bo‘ldi. Keyingi bosqichlarda esa o‘rta maxsus islom bilim yurtlarimizda ham raqamlashtirish asosida kredit-modul tizimiga o‘tish harakatidamiz”, deydi Muzaffar Komilov.
Ma’lum qilinishicha, diniy bayramlar ixchamlashtirilgan shaklda oilaviy tarzda o‘tkazilishiga harakat qilinmoqda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi