O‘zbekistonda pullik yo‘llar qanday va qayerda quriladi?

Jamiyat

image

2019 yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, yaqin yillarda “Toshkent–Andijon” va “Toshkent–Samarqand” yo‘nalishlari bo‘ylab pulli avtomobil yo‘llari qurilishi belgilandi.

Rejaga ko‘ra, “Toshkent–Andijon” pulli yo‘li qurilishi bo‘yicha 2019 yilning iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish ko‘zda tutilgan. Qurilish tenderi g‘olibini e’lon qilish va u bilan bitim tuzish muddati 2020 yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan. Mazkur loyiha 2021 yilning avgust oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalish — “Toshkent — Samarqand” pulli yo‘li qurilishi Turkiyaning “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S”, “KaneH” va “Komm” kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha joriy yilning IV choragida boshlanishi va 2021 yil yakunida foydalanishga topshirilishi lozim.

Shu o‘rinda tabiiyki aholi o‘rtasida “Pulli yo‘llar — qanday yo‘llar?” degan savol tug‘iladi.

Pulli yo‘l — haydovchilar haq to‘lab foydalanadigan yo‘llarga aytiladi. Bunday yo‘llardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan mablag‘ uni ta’mirlash va saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi. Tijoriy yo‘llarning davlat yo‘llaridan asosiy farqi shundaki, bunday yo‘nalishlarda foydalanuvchilar va ularning avtoulovlariga yuqori sifatda xizmat ko‘rsatiladi. Qolaversa, pulli yo‘llarda harakatlanish tezligi yuqori bo‘ladi.

Tan olish lozim, hozir bizda bu borada yetarli tajriba va sohani tartibga soluvchi huquqiy asos yo‘q. Bu borada, o‘zbek mutaxassislari tomonidan xalqaro tajriba o‘rganiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunida ham mazkur masala qonunshunoslarimiz e’tiboridan chetda qolgan. Shu bois bugun yurtimiz mutaxassislari Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning sohada to‘plagan tajribalari, amaldagi qonunchiligini chuqur o‘rganmoqda. Chunki bu — juda muhim masala. Agar huquqiy asos yaratilmas ekan, biror yutuqqa erishish qiyin.


Maqola muallifi

Teglar

Yo'l

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar