O‘zbekistonda pnevmoniyaga chalinganlar 10 000 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Kecha, 29 iyul kuni O‘zbekistonda 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda pnevmoniyaga chalingan jami bemorlar soni 9798 nafarga yetgan. Shulardan eng ko‘pi Toshkent shahrida (3711 ta) qayd etilgan. Poytaxtdan keyingi o‘rinda Toshkent (1566) va Jizzax (1087) viloyatlari bormoqda.

Kecha, 29 iyul kuni ularning 249 nafari sog‘ayib, umumiy davolanib chiqqanlar soni 3275 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 66 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyulidan O‘zbekistonda koronavirus holatlari bilan bir qatorda, pnevmoniyaga chalingan bemorlar statistikasi ham yuritila boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing