O‘zbekistonda pnevmoniya bemorlari soni ortdi, 4 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 iyul kuni O‘zbekistonda 482 kishida koronavirus, 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 8 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 482 kishiga ortib, 115 011 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 28 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 41 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 23 nafari Namangan viloyatida,
  • 33 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 26 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 32 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 49 nafari Toshkent viloyatida,
  • 147 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 70 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 85 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 28 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 65 nafar,
  • Toshkent viloyatida 52 nafar,
  • Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110377 (+336) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 764 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing