O‘zbekistonda piyoda ko‘p yurganlarga iyunda qancha pul to‘langani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning iyun oyida “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasi orqali fuqarolarga qariyb 69 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ mukofot tarzida to‘lab berilgan.

Platformadan respublika bo‘yicha tumanlar kesimida 203 ta g‘olib aniqlangan. Iyun oyi yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi Timur Rafikovich Axmadullin g‘olib deb topildi va 1 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. U shuningdek, tuman va hudud kesimida ham g‘olib chiqqanligi sababli jami 1 mln 800 ming so‘m olgan. Buning uchun u iyun davomida jami 890 947 qadam yurgan
.
Umumiy hisobda o‘tgan oy davomida 1hls.uz platformasining tuman, hudud va respublika bosqichi g‘oliblariga 68 mln 900 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ mukofot tarzida to‘lab berilgan.

Shundan 60 900 000 so‘m 203 ta tuman bosqichi g‘oliblariga, 7 mln so‘m Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar hududlari g‘oliblariga hamda yana 1 mln respublika miqyosida eng ko‘p yurgan fuqaroga mukofot tariqasida to‘lab berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing