O‘zbekistonda “omicron” sabab yangi taqiqlar belgilandi
Jamiyat
−
09 yanvar 2022
51022Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusning "omicron" shtammi bilan bog‘liq birinchi holat aniqlangani haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy qilinmoqda:
• xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichli ma’lumotga ega bo‘lishi;
• koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnoma bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.
• Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko‘zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.
LiveBarchasi