O‘zbekistonda oltin, kumush va mis ishlab chiqarish oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda so‘z borgan. 

Ma’lumki, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakat iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi.  So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritilgan. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshgan. Navoiy kombinatida yangi konlar o‘zlashtirilib, 3 ta zavod ishga tushirilgan. O‘zmetkombinat va Navoiyuranda ham ishlab chiqarish ko‘paygan.

Umuman, o‘tgan 6 yilda ushbu korxonalarning jami sanoatdagi ulushi 10 foizdan 17 foizga, byudjet tushumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oshgan.

2030 yilgacha mamlakat iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingan. 

Taqdimotda mutasaddilar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha rejalarini bayon qilgani aytilmoqda.

Davlat rahbari xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini aytgan. Investitsiyalarni o‘zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan.

Ishlab chiqarishda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullashtirib, tannarxni qisqartirish vazifalari qo‘yilgan. Shuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oshirish, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish muhimligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made